O‘zbekiston | 07:33 / 10.10.2022
10902
1 daqiqa o‘qiladi
Hisor qo‘riqxonasidagi fotokamera obektiviga Turkiston silovsini muhrlandi
Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi Hisor davlat qo‘riqxonasi qo‘riqlash xodimlari tomonidan o‘rnatilgan fotoqopqon obektiviga Turkiston silovsini muhrlandi.
Turkiston silovsini tabiiy majmualarda zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan tur hisoblanadi. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil ro‘yxati va O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Turkiston silovsini ko‘pincha tuyoqli hayvonlar, mayda qushlar va kemiruvchilar bilan oziqlanadi.
Kuzatuvlarga ko‘ra, Turkiston silovsini bugungi kunda qo‘riqxonaning G‘ilon, Miraki, Tanxozdaryo, Qizilsuv bo‘limlarida uchraydi va ularning umumiy soni 160 boshni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
11:31 / 08.05.2024
Hisor qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga qizil sug‘ur muhrlandi
09:50 / 07.04.2024
«Hisor» qo‘riqxonasida noyob qor qoplonlari fotoqopqonga tushdi
10:33 / 04.03.2024
Hisor davlat qo‘riqxonasida oq boshli qumoy tasvirga olindi
10:50 / 22.09.2022