O‘zbekiston | 10:38 / 10.10.2022
7026
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda nikoh holatlari ko‘rsatkichida pasayish qayd etildi

9 oyda 197 013 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Foto: Kun.uz

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha 197 013 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 9 750 taga kam.

Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni eng ko‘p Samarqand viloyatida kuzatildi – 22 329 ta. 

Undan keyingi o‘rinlarni mos ravishda 20 955 ta hamda 20 298 ta nikoh holati ko‘rsatkichi bilan Farg‘ona viloyati va Qashqadaryo viloyati egalladi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Surxondaryo viloyati – 16 885 ta; 
  • Andijon viloyati – 16 402 ta; 
  • Toshkent shahri – 16 383 ta;
  • Toshkent viloyati – 16 226 ta; 
  • Namangan viloyati – 14 659 ta;  
  • Xorazm viloyati – 11 039 ta; 
  • Buxoro viloyati – 10 907 ta; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 10 895 ta;  
  • Jizzax viloyati – 8 536 ta;  
  • Navoiy viloyati – 6 335 ta;  
  • Sirdaryo viloyati – 5 164 ta.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid