Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga eng ko‘p Qozog‘iston fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan
O‘zbekistonga 9 oyda qancha turist kelgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida 3,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 mln nafarga yoki 3,2 baravarga oshgan.
O‘zbekistonga 9 oyda eng ko‘p Qozog‘iston fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan - 1 mln kishi.
Undan keyingi o‘rinlarni mos ravishda 952,1 ming nafar hamda 950,3 ming nafar turist tashrif buyurgan Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari egalladi.
Ushbu ko‘rsatkich boshqa davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Rossiya – 395,1 ming nafar;
- Turkiya – 53,3 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 13,3 ming nafar;
- Germaniya – 13,5 ming nafar;
- AQSh – 9,8 ming nafar;
- Hindiston – 9,3 ming nafar;
- Fransiya – 8,3 ming nafar;
- Ozarboyjon – 7,3 ming nafar;
- Isroil – 8,4 ming nafar;
- Buyuk Britaniya – 7,7 ming nafar;
- Italiya – 5,9 ming nafar;
- Ispaniya – 4,3 ming nafar;
Mavzuga oid
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
19:57 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
17:59 / 24.06.2026