Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi ekstraterritorial sanksiyalar joriy qiladi
Yangi sanksiyalar paketi YeIga Yevropa ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tishga ko‘mak ko‘rsatadigan shaxslarni qora ro‘yxatga kiritish imkonini beradi. Bloomberg ta’kidlashicha, ekstraterritorial o‘lchovning kiritilishi Yevropa ittifoqining sanksiyalar siyosatida katta o‘zgarishlarni bildiradi.
Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi Yevropa sanksiyalarini chetlab o‘tishga ko‘mak ko‘rsatadigan Yevropa ittifoqi ichida va tashqarisida bo‘lgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun keng vakolatlar beruvchi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqdi. O‘tgan haftada qabul qilingan ushbu paket «jismoniy va yuridik shaxslar, tashkilotlar va kompaniyalar»ni qora ro‘yxatga kiritish imkonini yaratadi, deb xabar berdi Bloomberg 9 oktyabr kuni xabardor manbalarga tayanib.
Agentlik ta’kidlashicha, sanksiyalar mexanizmiga ham jismoniy shaxslarni, ham butun kompaniyalarni, hattoki YeI yurisdiksiyasidan tashqarida ham jazolash imkonini beruvchi ekstraterritorial jihatning kiritilishi Yevropa ittifoqi siyosatida katta o‘zgarishlardan dalolat beradi. Bundan buyon jazo choralari, masalan, Rossiyaning taqiqlangan tovarlarini uchinchi davlat orqali Yevropa ittifoqiga olib kirgan, haqiqiy kelib chiqqan mamlakatini yashirgan yoki Rossiyaga taqiqlangan tovarlarni eksport qilgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Bloomberg xabariga ko‘ra, yangi sanksiyalar mexanizmi boshqalarga cheklovlarni chetlab o‘tishga yordam beradigan Yevropa ittifoqi mamlakatlari fuqarolariga nisbatan ham jazo choralarini qo‘llash imkonini beradi.
Mavzuga oid
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
08:33 / 05.06.2026