Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Rossiya tinchlikni istamasligini har kuni ko‘rsatmoqda
Kreml tomonidan hozirgi vaziyatda muzokaralar haqida gapirish - manipulyatsiyadir. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kundalik kechki murojaatida ma’lum qildi.
«Terrorchi davlat tinchlikni xohlaydimi? Aftidan, yo‘q. U buni har kuni ko‘rsatmoqda. Zaporijjya - Rossiya raketa terrorini yo‘naltirayotgan Ukraina shaharlaridan biri. Zaporijjyada Rossiyaning oddiy turar joy binolariga bergan zarbalari natijasida bugun tunda kamida 14 kishi halok bo‘ldi», dedi siyosatchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Kreml haqiqatan ham muzokaralar yo‘liga kirishni istasa, bunday zarbalarni uyushtirmasdi.
Ukraina harbiylari 9 oktyabrga o‘tar kechasi Ryazandagi aerodromdan oltita Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti, Rostov oblastidagi Marinovka aerodromidan yettita Su-35 samolyoti havoga ko‘tarilganini aniqlagan.
Ukrain harbiylariga ko‘ra, bu samolyotlar Melitopol va Berdyansk hududlaridan turib Zaporijjyaga zarbalar yo‘llagan.
Xususan, Ukraina havo kuchlariga ko‘ra, Tu-22M3 bombardimonchilaridan to‘rtta X-22 qanotli raketalari, Su-35 samolyotlaridan esa ikkita boshqariluvchi X-59 aviatsiya raketalari uchirilgan.
Bundan tashqari, rossiyaliklar S-300 zenit-raketa majmualari orqali ham raketalar uchirgan.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026