Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga havo hujumidan eng yangi mudofaa tizimlarini yetkazib bermoqchi
AQSh prezidenti Jozef Bayden Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda Vashington Kiyevga o‘zini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan yordam, jumladan, havo hujumidan eng yangi mudofaa tizimlarini yetkazib berishda davom etishiga ishontirdi.
Foto: U.S. Army
Oq uy Rossiyani javobgarlikka tortish maqsadida AQShning ittifoqchilari va hamkorlari bilan doimiy aloqada ekanliklarini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Ukraina davlati rahbari Kiyev «Rossiyaning raketa shantajiga e’tibor bermasligini» ta’kidladi.
«Yettilik guruhi» (G7) davlatlari yetakchilari 11 oktyabr kuni Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha virtual uchrashuv o‘tkazadilar, unda Rossiyaning bir kun avval amalga oshirilgan raketa zarbalari ham muhokama qilinadi, deb xabar berdi Oq uy.
Uchrashuv ishtirokchilariga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham qo‘shiladi.
Ayni vaqtda, Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass Rossiyaning Ukrainaga bergan raketa zarbalari munosabati bilan NATOga a’zo davlatlar rahbarlari sammitini o‘tkazish tarafdori, deyiladi Britaniya hukumati rahbari idorasi tarqatgan hujjatda.
Bundan tashqari, Trass G7 yig‘ilishi ishtirokchilarini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga undamoqchi.
Avvalroq AQShning Kiyevdagi elchixonasi bugungi yirik raketa hujumidan so‘ng Amerika fuqarolarini Ukraina hududini «xavfsiz bo‘lganda» tark etishga chaqirgandi.
«Rossiyaning Ukrainaga qarshi qaratilgan zarbalarni berishda davom etishi tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid soladi», — deyiladi AQSh tashqi siyosat idorasi bayonotida.
Rossiya 10 oktyabr, dushanba kuni ertalab Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boshqa bir qator shaharlariga kuchli raketa zarbalari berdi. Kiyev meri Vitaliy Klichkoga ko‘ra, poytaxt markazidagi Shevchenko tumani hujumga uchragan. Raketalardan biri Mixail Grushevskiy yodgorligi yoniga qulagan, natijada uning yonidan o‘tayotgan avtomobillar yonib ketgan.
Mavzuga oid
23:40 / 11.04.2026
AQSh-Eron muzokaralari “boshi berk ko‘cha”ga kirib qoldi - OAV
12:48 / 11.04.2026
Uchuvchi Eron tog‘larida: «Trampni qutqarish» operatsiyasi haqida
09:38 / 11.04.2026
Budanov: Moskva va Kiyev tinchlik kelishuviga yaqinlashmoqda
09:01 / 11.04.2026