O‘zbekiston | 23:40 / 12.10.2022
29959
1 daqiqa o‘qiladi

Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlanadimi?

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlanishi mumkin.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston prezidenti administratsiyasida navbatdagi tayinlov ro‘y berishi mumkinligi aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanishi haqida xabarlar tarqaldi.

Kun.uz manbasi bu ma’lumotni tasdiqlamadi, biroq inkor ham etmadi.

Ma’lumot uchun, prezidentning huquq organlari bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Baxtiyor Islomov avgust oyida Oliy sud raisi etib tayinlangan edi.

44 yoshli Ruslanbek Davletov O‘zbekiston adliya tizimiga 5 yildan buyon rahbarlik qilyapti. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘rniga Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamov nomzodi ko‘rib chiqilayotgan bo‘lishi mumkin.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid