Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan oliy darajada erishilgan kelishuvlar amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.
Qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish va yangi ishbilarmonlik tashabbuslarini amalga oshirish, Turkiya yetakchi kompaniyalarining mamlakatdagi davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonidagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.
Faol gumanitar almashinuvlarni, eng avvalo, madaniyat va ta’lim sohalarida davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Vazirlarning “O‘zbekiston-Turkiya-Ozarboyjon” formatidagi muntazam uchrashuvlari doirasida samarali muloqotni kengaytirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
02:08 / 12.01.2026
Oilada kamida uch nafar farzand bo‘lishi kerak – Erdo‘g‘an
14:58 / 17.12.2025
Erdo‘g‘an tadbirda Cho‘lponning «Go‘zal Turkiston» she’ridan parcha o‘qib berdi
19:09 / 16.12.2025