Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Farg‘onada 14 qavatdan kam bo‘lmagan besh yulduzli mehmonxona qurmoqchi
Xitoylik sarmoyadorlar Farg‘onada besh yulduzli mehmonxona qurish loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirishmoqda.
Xitoylik investorlar Farg‘onada 14 qavatdan kam bo‘lmagan 200 o‘rinli, besh yulduzli mehmonxona hamda zamonaviy savdo markazi qurish taklifini bildirdi.
Ushbu taklif viloyat hokimi Xayrulla Bozorov va Xitoyning Shuncheng Investment Group kompaniyasi rahbari Xung Chi Yim boshchiligidagi bir guruh xitoylik sarmoyadorlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida muhokama qilindi.
Viloyat rahbari Farg‘ona sayyohlar oqimi bo‘yicha respublikada ikkinchi o‘rinda ekanini ta’kidlab, mehmonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Farg‘ona shahridagi Saylgoh va Al-Farg‘oniy ko‘chalari tutashgan hududda, avvalgi Amfiteatr o‘rnida o‘z brendiga ega besh yulduzli mehmonxona qurish loyihasi amalga oshirilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
Xitoylik investor Xung Chi Yim shahar markazida va har tomonlama qulay manzilda joylashgan mazkur loyihaga qiziqish bildirdi. Bu yerda loyiha qiymati 10 million dollar bo‘lgan 14 qavatdan kam bo‘lmagan 200 o‘rinli, besh yulduzli mehmonxona hamda zamonaviy savdo markazi qurishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Belgilangan tartibda konsepsiya ishlab chiqilib, jarayonlarni tezroq amalga oshirish kerakligini qayd etgan viloyat hokimi, investorlarni Farg‘onada 300 gektar hududda barpo etilayotgan yangi ekoshahar loyihasida ham ishtirok etishga taklif qildi.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026