O‘zbekiston | 08:34 / 14.10.2022
8719
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda eng ko‘p oilaviy korxonalar tashkil etilgan hududlar ma’lum qilindi
9 oyda eng ko‘p oilaviy korxonalar Samarqand viloyatida tashkil etildi.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida respublikada 9 711 ta oilaviy korxonalar yangi tashkil etildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yillar kesimida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni quyidagicha:
- 2018 yil yanvar-sentabr oylari – 3 465 ta;
- 2019 yil yanvar-sentabr – 9 296 ta;
- 2020 yil yanvar-sentabr –14 156 ta;
- 2021 yil yanvar-sentabr – 11 727 ta.
Hududlar kesimida 2022 yilning 1 oktabr holatiga yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni eng ko‘p Samarqand viloyatida qayd etildi – 1864 ta korxona.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qashqadaryo viloyati – 1591 ta;
- Xorazm viloyati – 1289 ta;
- Farg‘ona viloyati – 1055 ta;
- Surxondaryo viloyati – 718 ta;
- Toshkent viloyati – 652 ta;
- Jizzax viloyati – 606 ta;
- Navoiy viloyati – 427 ta;
- Toshkent shahri – 374 ta;
- Buxoro viloyati – 350 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 269 ta;
- Namangan viloyati – 256 ta;
- Andijon viloyati – 212 ta;
- Sirdaryo viloyati – 48 ta.
Mavzuga oid
16:00 / 04.10.2024
Samarqandda O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlar rahbarlari kengashi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
07:15 / 02.10.2024
Samarqand arxitektura-qurilish universitetida yong‘in sodir bo‘ldi
07:10 / 02.10.2024
Tel-Aviv - Samarqand - Toshkent aviaqatnovi majburiy kechiktirildi
12:40 / 01.10.2024