Koronavirusdan o‘lim miqdori rekord darajada pasaydi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi hali barham topmagan bo‘lsa-da, o‘lim miqdori rekord darajada pasaygan.

Foto: Shutterstock
2020-2021 yillar davomida kuz mavsumi kelishi bilan an’anaviy tarzda COVID-19 kasalligining keskin ko‘payishi kuzatilgan edi. Bir necha oy oldin epidemiologlar va rasmiylar shunga o‘xshash ssenariy 2022 yil kuzida ham takrorlanishidan qo‘rqishgandi. Ammo sentabr oyi boshida prognozlar optimistik bo‘ldi.
JSST xabariga ko‘ra, sentabr oyida koronavirusdan o‘lim miqdori pandemiya tarixida rekord darajada pasaygan.
Buning bir qancha sabablari bor, lekin asosiysi shundaki, hozirda eng keng tarqalgan shtamm - omikron - virusning birinchi variatsiyalariga qaraganda ancha zaiflashdi.
«Endi bu boshqacha virus. Aholining hozirgi immuniteti hisobga olinsa, COVID-19 kasalligining og‘ir kechish ehtimoli past», dedi Buyuk Britaniyadagi Reding universiteti virusologiya professori Yyen Jons.
So‘nggi oylarda ko‘plab mamlakatlarda kasallikdan keyin paydo bo‘ladigan tabiiy immunitet kuchaygan. Biroq, bu unchalik kuchli emas va qayta kasallanishni istisno qilmaydi, deb ogohlantirishmoqda virusologlar. Shu tufayli emlanishni unutmaslik kerak.
Samaradorlikni oshirish uchun mavjud vaksinalar omikronga moslashtirilmoqda: yangilangan Pfizer va Moderna allaqachon muomalaga kiritilgan, rossiyalik ishlab chiquvchilar «Sputnik V» vaksinasining yangi versiyasini tayyorlamoqda.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri dunyo bo‘ylab 6,4 milliondan ortiq odam koronavirusdan vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Rossiya yana Ukrainani yoppasiga o‘qqa tutdi: 10 dan ortiq kishi halok bo‘lgan
Jahon | 14:00
-
Maoshi oshayotgan qirg‘izlar, to‘xtatilgan layk javobgarligi va «qora» turkman paxtasi
Jahon | 13:50
-
Kimlar qachon va qanday qon tahlillari topshirishi kerak?
Jamiyat | 12:35
Mavzuga oid

22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi

17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi

08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori

14:54 / 30.03.2025