O‘zbekiston | 10:22 / 15.10.2022
3897
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 1 mln tonnadan ortiq meva va sabzavotlarni xorijga sotdi

O‘zbekiston 9 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston qiymati qariyb 760,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,2 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 169 ming tonnaga oshgan. 

2022 yilning 9 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi: 

  • meva va rezavorlar – 257 ming tonna;
  • quritilgan meva va rezavorlar – 30,2 ming tonna;
  • sabzavotlar – 657 ming tonna; 
  • piyoz – 171 ming tonna; 
  • karam – 131 ming tonna; 
  • pomidor – 60 ming tonna; 
  • uzum – 126 ming tonna;
  • mayiz – 53,4 ming tonna;
  • yeryong‘oq – 13,4 ming tonna;
  • tarvuz-qovun – 129,2 ming tonna.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid