Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda 12 yillik maktab ta’limi joriy etiladi
2024-2025 o‘quv yilidan boshlab 12 yillik maktab ta’limi joriy etiladi. Bunda nolinchi sinf bekor qilinadi, bolalar 6 yoshdan maktabga boradi.
Qirg‘iziston Xalq ta’limi vaziri vazifasini bajaruvchi Ulanbek Mambetaqunov Jogorku Kenesh yig‘ilishida maktablarda 12 yillik ta’lim tizimini joriy etishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
«12 yillik ta’lim tizimini joriy etishga tayyorgarlik boshlandi. Ammo bu davlat ta’lim standartlari tayyor bo‘lgach amalga oshiriladi. Qolaversa, o‘quv bazasi ham tayyor bo‘lishi kerak», — dedi Ulanbek Mambetaqunov.
Avvalroq, 2023 yildan boshlab 12 yillik maktab ta’limiga o‘tish rejalashtirilgani, nolinchi sinf bekor qilinadigan yangi ta’lim modeli joriy etilishi haqida xabar berilgandi.
O‘shanda sobiq ta’lim va fan vaziri Almazbek Beyshenaliyev endi bolalar birinchi sinfga yetti yoshda emas, olti yoshda borishini aytdi. Uning fikriga ko‘ra, shunda Qirg‘iziston ta’lim tizimi «jahon standartlariga javob berar edi».
Keyinchalik 12 yillik maktab ta’limiga o‘tish 2024-2025 o‘quv yiliga qoldirildi. Loyihani amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 40 mln dollar miqdorida mablag‘ (yarmi kredit, yarmi grant) olish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
12:20 / 04.06.2026