O‘zbekiston | 08:11 / 18.10.2022
5164
1 daqiqa o‘qiladi

BAAning Masdar kompaniyasi Surxondaryoda quyosh elektr stansiyasi qurmoqda

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimligida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hududiy boshqarmasi rahbariyati bilan Masdar kompaniyasi (BAA) vakillari o‘rtasida mazkur quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasi joriy etilishini o‘rganishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Osiyo taraqqiyot banki, «5 poytaxt», Green Business Innovation kompaniyalari vakillari, fermer xo‘jaliklari, klasterlar rahbarlari, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirok etdi.

Suhbat chog‘ida loyihani amalga oshirish jarayoni, qurilish navbatdagi bosqichi doirasidagi ishlarga tayyorgarlik borishi, Sherobod shahri va unga tutash hududlar bo‘ylab yuqori voltli liniyalarni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Loyiha texnik parametrlari har tomonlama tahlil qilingandan so‘ng uni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Prezident qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida BAAning Masdar kompaniyasi tomonidan quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid