Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov boşçiligidagi delegatsiya iştirok etgan tadbirlarda energetika tarmoqlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş, tarmoqlarni modernizatsiya qiliş va barqaror rivojlaniş masalalari muhokama qilindi. Elektr energiyasini işlab çiqariş va uzatiş jarayonlari, ma’lumotlar markazlari (Data Center) va raqamli ulaniş tizimlarining dolzarbligi alohida ta’kidlandi.

Forum doirasida quyidagi şartnomalar imzolandi:
- Navoiy viloyatida quvvati 300 MVt/600 MVt·soat bölgan energiya saqlaş tizimi — Masdar bilan;
- quvvati 200 MVt/800 MVt·soat bölgan energiya saqlaş tizimi — AMEA Power bilan.

Uçraşuvlarda BAAning sanoat va ilğor texnologiyalar vaziri Sulton Ahmad Al-Jobir, energetika va infratuzilma vaziri Suxail al-Mazruiy, şuningdek Masdar, AMEA Power, Siemens Energy, Honeywell, SLB, BP va boşqa hamkor kompaniyalar rahbarlari bilan hamkorlikning amaliy yönalişlari muhokama qilindi.
Ma’lumot örnida, bugungi kunda Masdar bilan hamkorlikda Özbekistonda umumiy quvvati 1 247 MVt bölgan 5 ta quyoş va 500 MVt şamol elektr stansiyasi hamda 63 MVt quvvatli energiya saqlaş tizimi işga tuşirilgan. Qaşqadaryo viloyatida esa 300 MVt quvvatli quyoş fotoelektr stansiyasi barpo etilmoqda. Yangi energiya saqlaş loyihalari tarmoqning moslaşuvçanligini oşiriş, “yaşil” generatsiya uluşini kengaytiriş va tizim işonçliligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.












