Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun mutaxassislar tayyorlab beradi
O‘zbekiston Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti rahbariyati Germaniyaning Weihenstephan-Triesdorf amaliy fanlar universiteti vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Germaniya universiteti 1971 yilda Bavariya federal o‘lkasida tashkil etilgan. U qishloq xo‘jaligi sohasida malaka oshirish dasturlari va «Agrar menejment» xalqaro magistratura kursi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi, dunyoning 60 dan ortiq ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.
Muzokaralar natijasiga ko‘ra, XQXU talabalarini Germaniyaning Weihenstephan-Triesdorf amaliy fanlar universiteti magistraturasiga beg‘araz asosda o‘qishga yuborish, XQXU huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish markazi negizida nemis universiteti bilan hamkorlikda chorvachilik va bog‘dorchilik sohasida Germaniya tajribasiga asoslangan davlat va xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan soha vakillari, fermer xo‘jaliklari, klasterlar rahbarlari va mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniyaning qishloq xo‘jaligi korxonalari, chorvachilik va sut mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
Mavzuga oid
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
17:20 / 23.06.2026