Jahon | 15:56 / 19.10.2022
18200
6 daqiqa o‘qiladi

Asirlikdan qaytgan ayollar, Donbassda evakuatsiya. Urush suratlari

19 oktyabr kuni Ukrainaga bosqinning yangi qo‘mondoni Sergey Surovikin Rossiya davlat nashriga ilk intervyusini berdi — u okkupatsiya qilingan Xersondagi rossiyaliklarga nisbatan «nooddiy qarorlar» qo‘llanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Ko‘plar uning so‘zlarini shaharni Ukraina armiyasiga topshirish ehtimoli sifatida baholamoqda. Annexia qilingan Xerson oblasti rahbariyati esa barcha xohlovchilarga Ukraina zarbalari tufayli u yerdan «ta’tilga ketish»ni taklif etmoqda. Zelenskiyning ofisi mamlakat energetika infratuzilmalari muntazam ravishda zarbaga uchrayotgani tufayli ukrainlarni elektr, suv va issiqlik o‘chishiga tayyor turishga chaqirdi. Ukraina Oliy Radasi Ichkeriyani Rossiya tomonidan bosib olingan hudud deb e’lon qildi, Estoniya esa Rossiyani terrorizm homiysi bo‘lgan mamlakat sifatida tan oldi.

Quyida 18 oktyabr, urushning 237-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Almashuv

Ozod etilgan ukrain asirlari guruhi ukrainlar pozitsiyasidagi almashuv nuqtasi tomon ketmoqda. Uzoqroqda Z ramzlari aks etgan yuk mashinalari ko‘rinadi, ular asirlar almashinuvi doirasida qaytarilgan rossiyalik asirlarni olib ketgan. 110 ga 110 formatidagi almashuv haqida 17 oktyabr kuniyoq ma’lum bo‘lgandi, jarayon doirasida asosan ukrain ayollari asirlikdan qaytarilgan.
Ukrainian Coordinating Staff for the Treatment of Prisoners of War / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar asirligidan qaytarilgan ayollar Zaporijjyaga yetib kelgan avtobusda yig‘lashmoqda. Ukraina armiyasi safida 50 ming atrofida ayollar ham xizmat qiladi
Dmytro Smolenko / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar asirligidan qaytgan ukrainalik ayol Zaporijjyada
Dmytro Smolenko / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar asirligidan qaytgan ayol Zaporijjyaga kelgach, harbiy formadagi turmush o‘rtog‘i bilan ko‘rishmoqda
Press-slujba prezidenta Ukrainy / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar asirligidan qaytarilgan ukrain ayollari. Almashuv doirasida Rossiyaga 80 nafar «fuqarolik xizmatidagi dengizchi» va «DXR», «LXR» hamda Rossiyaning boshqa regionlaridan bo‘lgan 30 nafar harbiy xizmatchilar qaytarilgan.
Dmytro Smolenko / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA

Mikolayiv oblasti o‘qqa tutilishi 

Mikolayivda rossiyaliklar zarbasidan keyin topilgan erkak jasadi. 18 oktyabrga o‘tar kechasi shahar yana C-300 raketalari tomonidan o‘qqa tutildi. Mikolayiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kimning ma’lumotiga ko‘ra, Mikolayivda raketa zarbalari gullar bozori va ikki qavatli uy binosiga kelib tushgan. Bir kishi halok bo‘lgan
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mikolayivlik kishi hujum vaqtida shikastlangan bino yaqinida. Uning yonida hududda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar kaskasi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbasidan shikastlangan bino atrofida mikolayivlik ayol qo‘lida itini ko‘tarib turibdi. Mikolayiv muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda va turar joylarga ham raketalar kelib tushmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mikolayiv oblasti Liman qishlog‘ida eski «Volga» avtomobilida o‘qlar izi. Orqa planda — shamol elektr generatorlari. Mikolayiv oblastida Rossiya armiyasi ikkita aholi yashash manzilini o‘z nazoratida saqlab turibdi — Snigirevka va Aleksandrovka. «Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendumlar»dan oldin Ukraina hududlaridagi rossiyaparast ma’murlar Snigirevka va Aleksandrovkani Xerson oblasti tarkibiga «qo‘shib qo‘yishgan». Keyin bu aholi yashash manzillari Rossiya tomonidan annexia qilingan.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Kupyanskda rossiyaliklardan qolgan qiynoq kameralari 

Xarkiv oblastida sentabr oyi o‘rtalarida ozod etilgan Kupyansk shahridagi politsiya bo‘limida devorga chizilgan propaganda graffitisi — unda sovet bayrog‘i ko‘targan ayol va rossiyalik harbiy aks etgan. Bu mahkama binosidan, mahalliy rasmiylarga ko‘ra, rossiyalik harbiylar qamoqxona va qiynoq kameralari sifatida foydalangan.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya harbiylarining Kupyanskdagi qiynoq kamerasidagi karavotlar 
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Donbassdagi evakuatsiya 

Liman shahri atrofidagi Zarechnoye qishlog‘i ko‘chasida yotgan rossiyalik askar jasadi. Rossiya armiyasi Liman va Zarechnoye oktyabr oyi boshida tashlab ketdi. Ammo yaqin atrofda hamon og‘ir janglar davom etmoqda.
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrain ko‘ngillilari o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, Zarechnoyega kelishmoqda va keksa yoshli ayolni evakuatsiyaga ko‘ndirishmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Zarechnoye qishlog‘idan bo‘lgan ayol harbiy harakatlar hududini tark etmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ko‘ngilli keksa yoshli kishiga uyini tark etib, xavfsiz joyga o‘tishda yordam ko‘rsatmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid