O‘zbekiston | 08:54 / 20.10.2022
7847
2 daqiqa o‘qiladi

Ekologik nazorat jamoatchi inspektori faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Vazirlar Mahkamasining “Ekologik nazorat jamoatchi inspektori to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida ekologik nazorat jamoatchi inspektorlari faoliyatini tartibga solishda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • jamoatchi inspektorlikka nomzodlarni shakllantirish;
  • jamoatchi inspektorlari faoliyati asosiy yo‘nalishlari;
  • jamoatchi inspektorlarga guvohnomalar berish;
  • jamoatchi inspektorlarni rag‘batlantirish;
  • jamoatchi inspektorlar huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini nazarda tutuvchi Ekologik auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

Taklif etilayotgan qaror loyihasida ekologik nazorat jamoatchi inspektori to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash ko‘zda tutilayotgani munosabati bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish nazarda tutilmoqda.

Qaror qabul qilinishi natijasida ekologik nazorat jamoatchi inspektorlariga:

  • Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan yuritiladigan “Yashil makon” va boshqa platformalardan foydalanish imkoniyatini yaratish hamda ularni sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami va natijalari to‘g‘risida muntazam xabardor qilib borish;
  • ekologik nazorat jamoatchi inspektorlariga tegishli hududda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish I-IV toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi obektlarda belgilangan tartibda olib boriladigan ekologik nazorat tadbirlarida ishtirok etish huquqini beradi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid