Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - Vengriya qo‘shma investitsiya jamg‘armasi tuziladi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nadji bilan video-konferens-aloqa vositasida muzokaralar o‘tkazdi.
Tomonlar o‘zaro kelishuvlarni hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlarini atroflicha muhokama qildi. Qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, farmatsevtika, bank-moliya, transport va logistika sohalarida, suv xo‘jaligi jarayonlarini raqamlashtirish sohasida qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish borasidagi hamkorlikning istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Vengriyaning Bona Farm, Master Good va Kite kompaniyalari vakillari parrandachilik klasterlarini tashkil etish, intensiv bog‘dorchilik va meva-sabzavotlarni qayta ishlash, RABA va Joison Safety Systems kompaniyalari xodimlarining avtomobilsozlik sanoati uchun butlovchi qismlarni yetkazib berishini tashkil etish, Meditop, Femfelgozzo, Gideon Richter kompaniyalari innovatsion dori vositalari, tibbiy mebellar va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish uchun yuqori texnologiyali farmatsevtika korxonalarini yaratish kabi loyihalarini batafsil o‘rganish maqsadida amaliy safarlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bank-moliya sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishar ekan, tomonlar O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma investitsiya jamg‘armasini yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi, shuningdek, OTP Group bilan loyihani amalga oshirishni faollashtirishga kelishib oldi.
Transport-logistika sohasida ikki tomonlama hamkorlik jihatlari alohida ko‘rib chiqildi. Tomonlar o‘zbekistonlik investorlar ishtirokida qo‘shma aviatashuvchi kompaniyani yaratish masalasini muhokama qildi. Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni imzolashni tezlashtirishga kelishib olindi.
Suv xo‘jaligi jarayonlarini raqamlashtirish sohasida kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tegishli ilmiy muassasalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026