Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oston O‘runov «Ural»ni tark etdi
Yekaterinburgning «Ural» klubi Oston O‘runov bilan xayrlashganini ma’lum qildi.
Foto: Ural
Rossiya klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, jamoa rahbariyati va o‘zbekistonlik yarimhimoyachi ikki tomonlama rozilik bilan amaldagi kelishuvni bekor qilgan. O‘runov erkin agentga aylandi.
O‘zbekiston milliy jamoasining 21 yoshli yarimhimoyachisi sentabr oyida «Spartak» bilan xayrlashib, «Ural» bilan shartnoma imzolagandi.
Oston Yekaterinburg klubida jami uchta o‘yinda - «Torpedo», «Lokomotiv» va TsSKAga qarshi o‘yinlarda jami 80 daqiqa harakat qildi.
Ma’lumot uchun, «Ural» ketma-ket 4 o‘yinda g‘alabaga erishib, Rossiya Premer-ligasida 16 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
12:40 / 27.08.2025
Uralda mushkul ahvolda qolgan ona va bolalari O‘zbekistonga olib kelindi
12:51 / 25.08.2025
Uralda mushkul ahvolga qolgan olti nafar fuqaro qaytarildi
07:34 / 05.08.2025
Uraldagi ozarboyjon diasporasi rahbari Moskvada qo‘lga olindi
07:47 / 30.07.2025