Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh yangilangan yadro bombalarini Yevropaga o‘tkazishni tezlashtiradi
Dekabr oyida NATOning Yevropadagi bazalariga B61-12 termoyadro bombalari yetkaziladi, deb yozadi Politico. Pentagon buning Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga aloqasi yo‘qligini aytdi.
Qo‘shma Shtatlar NATOning Yevropadagi bazalariga yangilangan B61-12 termoyadroviy bombalarini jo‘natishni tezlashtiradi, deb xabar berdi Politico 26 oktyabr, chorshanba kuni xabardor manbalarga tayanib. AQShning asosiy yadro quroli hisoblangan B61-12 bombalari avvaliga kelasi bahorda Yevropaga jo‘natilishi rejalashtirilgan edi, biroq keyin yetkazib berish dekabr oyiga ko‘chirildi, deb yozadi Politico oktabr oyida Bryusselda NATO mudofaa vazirlarining yig‘ilishidan so‘ng Pentagon va Davlat departamenti rasmiylariga yuborilgan xatga tayanib.
Ikki xabardor manba nashrga bombalar tezlashtirilgan tarzda yuborilishini tasdiqladi. AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayder Politico nashriga bergan intervyusida B61 bombalarini modernizatsiya qilish ko‘p yillardan beri davom etayotganini, Qo‘shma Shtatlar uzoq vaqtdan beri eski bombalarni modernizatsiya qilingan versiyalar bilan almashtirishni rejalashtirganini aytdi. «Buning Ukrainadagi hozirgi voqealarga hech qanday aloqasi yo‘q va hech qanday tarzda tezlashtirilmagan», — dedi Pentagon vakili.
B61 - birinchi marta 1960-yillarda ishlab chiqilgan yadroviy bombalar oilasi. Qo‘shma Shtatlar o‘nlab yillar davomida bombalarning 12 ta versiyasini ishlab chiqdi, ularning aksariyati hozirda eskirgan. AQSh Energetika vazirligi bombalarning eski versiyalarini, jumladan Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Turkiyadagi havo bazalarida saqlanadigan 100 ga yaqin zaryadlarni almashtirish uchun 10 milliard dollarlik modernizatsiya dasturini rejalashtirmoqda.
B61 bombasining yangi versiyasi AQSh va ittifoqchi harbiy samolyotlarga, jumladan B-2 va B-21 bombardimonchi samolyotlariga, shuningdek, F-15, F-16, F-35 hamda Tornado qiruvchilariga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan.
17 oktyabrdan 30 oktyabrgacha NATO qo‘shinlari alyans yadroviy kuchlari tekshiriladigan Steadfast Noon («Qat’iy kun») mashqlarini o‘tkazmoqda. Mashqlarda 70 ga yaqin samolyot qatnashmoqda. 26 oktyabr kuni Rossiya harbiylari o‘z mashg‘ulotlari davomida dushmanning yadroviy zarbasiga javoban yirik yadroviy zarba berish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini amalga oshirdi.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026