Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XTV: “Qisqa muddatda barcha maktablar zarur darsliklar bilan ta’minlanadi”
27 noyabr kuni Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov tomonidan videokonferensaloqa orqali hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’lim sifati va mazmuni, o‘quv muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, rahbarlarning mas’uliyati, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama etildi.
Darsliklar muammosi
Hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullar davomida aholi tomonidan sohaga oid qator muammolar ko‘tarilayotganligi va bu tegishli mas’ullar tomonidan qat’iy nazoratga olinishi lozimligi ta’kidlandi.
Jumladan, respublikada qayd etilgan 519 ta ta’lim sifati past maktablardagi mavjud muammolarni atroflicha o‘rganish va hal etishda aniq metodologik va amaliy ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Vazirlik tasarrufidagi “O‘quv-ta’lim-ta’minot” hamda “Transport va logistika” Davlat unitar korxonalari oldiga yangi yaratilgan o‘quv darsliklari yetib bormagan maktablarni qisqa muddatda zarur darsliklar bilan ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.
Maktablarni jihozlash
Qurilish-ta’mirlash ishlariga to‘xtalar ekan, bugungi kunga qadar mazkur turdagi maktablarning 297 tasiga zarur o‘quv jihozlari to‘liq yetkazib berilgani, joriy yil oktabr oyining so‘nggiga qadar ushbu ishni to‘liq va sifatli yakuniga yetkazish talabi qo‘yildi.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
Yig‘ilishda ko‘zda tutilgan asosiy masala sifatida maktablarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha mas’ullarning mavjud holat bo‘yicha hisobotlari tinglandi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizdagi mavjud 10 104 ta umumta’lim maktabining 7 111 tasi ko‘mir yoqilg‘isi yordamida, qolganlari tabiiy gaz, suyuq yoqilg‘i hamda elektr energiyasi bilan isitiladi. Hozirda ko‘mir yoqilg‘isi bilan isitiladigan maktablarga to‘liq ravishda ko‘mir mahsulotlari yetkazib berilgan.
Ammo tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda joylardagi qator maktablarda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida ko‘mir mahsulotlarini saqlash, isitish qozonlarining yaroqlilik holati talab darajasida emasligi tanqid ostiga olindi.
Mavzuga oid
18:27 / 19.05.2026
Rossiya tarixchilari Qirg‘izistondagi darsliklardan “Rossiya mustamlakasi” iborasini olib tashlashni so‘radi
23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
15:16 / 12.12.2024
2025 yilda darsliklar ijarasi uchun to‘lov olinmaydi
18:42 / 30.10.2024