Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA Kiyev talabiga binoan Ukrainadagi ikkita yadroviy inshootni tekshiradi
Rossiya «iflos bomba»ni portlatish rejalarida ayblaganidan so‘ng, Kiyev AEXAdan yadroviy inshootlarda tekshiruv o‘tkazishni so‘ragan.
Rossiya Kiyevning go‘yoki «iflos bomba bilan provokatsiya uyushtirish» rejalari haqida bayonot berganidan so‘ng Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) Ukrainadagi ikkita yadroviy inshootda mustaqil tekshiruv o‘tkazadi. Bu haqda 27 oktyabr, payshanba kuni agentlik saytida ma’lum qilindi.
Tekshirish talabi Ukraina tomonidan berilgan, deya qayd etadi AEXA. Agentlik veb-saytida qayd etilishicha, Rossiya AEXA kafolatlari ostidagi va inspektorlar muntazam ravishda tashrif buyurgan ikki joyda «iflos bombalar» ishlab chiqarilishi mumkinligi bilan bog‘liq faoliyatlar haqida bir necha da’vo qilgan.
AEXA rahbari Rafael Grossining aytishicha, inspektorlar har qanday «yadroviy materialning qayta yo‘naltirilishi»ni aniqlash uchun «ushbu obektlarda mustaqil tekshiruvlar o‘tkazadi». AEXA, shuningdek, agentlik bir oy oldin ikki obektdan birini o‘rgangani va «hech qanday deklaratsiya qilinmagan yadroviy faoliyat yoki material» topilmaganini tasdiqladi.
«Bizning tekshiruvimiz yakunlangandan so‘ng, natijalarni baholaymiz va o‘z xulosalarimizni standart amaliyotimizga muvofiq e’lon qilamiz. Biroq, ushbu masalaning qiziqishi va dolzarbligini bilgan holda, agentlik xulosalarni AEXA Boshqaruvchilar kengashiga taqdim etadi va shundan so‘ng darhol jamoatchilikka beriladi», dedi Grossi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Valday forumida so‘zlagan nutqida Rossiya AEXAning Ukraina yadroviy inshootlarini tekshirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgandi. «Biz buning tarafdorimiz, buni imkon qadar tezroq, imkon qadar kengroq qilish kerak», dedi u.
Bundan bir necha kun oldin rossiyalik rasmiylar Kiyev go‘yoki «iflos bomba» bilan provokatsiya qilishni rejalashtirayotganini qayta-qayta ta’kidlagandi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu AQSh, Fransiya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Hindiston va Xitoy mudofaa vazirlarini ogohlantirdi.
Kiyev bu kabi da’volarni doimiy ravishda rad etib, Rossiya bunday bombadan o‘zi foydalanishiga yo‘l ochishi mumkinligini ta’kidlaydi. «Agar Rossiya qo‘ng‘iroq qilib, Ukraina go‘yoki biror narsa tayyorlayapti, desa, bu bir narsani anglatadi: Rossiya bularning barchasini allaqachon tayyorlab qo‘ygan. Shuning uchun bugun Rossiya Mudofaa vaziri telefon o‘yinini tashkil qilib, vazirlarga qo‘ng‘iroq qilib, «iflos bomba» deb atalgan to‘qima narsa haqida gapiryapti. Yadro bombasi, bu urushda tasavvur qilish mumkin bo‘lgan barcha iflos narsalarning manbayi kim ekanligini hamma juda yaxshi tushunadi», dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
«Rossiya vaziyatni yanada kuchaytirish uchun uydirma bahonalardan foydalanmasligi kerak. Ukraina o‘z hududida radioaktiv moddalar bo‘lgan «iflos bomba»ni qo‘llashni rejalashtirayotgani haqidagi iddaolar sof yolg‘ondir», - dedi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg.
«Iflos bomba» - bu radioaktiv moddalar bilan to‘ldirilgan, portlashda yadroviy reaksiyaga olib kelmaydigan, lekin hududning radioaktiv ifloslanishiga sabab bo‘ladigan noyadroviy raketa.
Mavzuga oid
20:01 / 02.06.2026
Kiyev va Dniproga zarba. Qurbonlar soni oshmoqda
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
20:32 / 25.05.2026
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
08:52 / 25.05.2026