Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkinchi MDH o‘yinlari Belarusda bo‘lib o‘tadi
2023 yilda Belarus ikkinchi MDH o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Bu haqda Ostonada bo‘lib o‘tgan MDH hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Igor Petrishenko ma’lum qildi.
«II o‘yinlar 2023 yil 4-14-avgust kunlariga rejalashtirilgan. Belarus bu musobaqalarni o‘tkazishga to‘liq tayyor, barcha zarur sport va tegishli infratuzilma bor», dedi u.
Igor Petrishenko MDH davlatlarini ushbu musobaqada faol ishtirok etishga chaqirdi.
O‘yinlar nafaqat Minskda, balki mamlakatning barcha hududlarida – har bir viloyat markazida 2 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladi.
O‘yinlarning ochilish va yopilish marosimlari Minsk-Arena sport-ko‘ngilochar majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sportchilar jami 21 ta sport turi bo‘yicha bellashadi.
MDH davlatlarining ilk o‘yinlari 2021 yil 4-11-sentabr kunlari Qozon shahrida o‘tkazildi. Musobaqa dasturiga sportning 16 turi kiritildi va 180 dan ortiq medallar to‘plami o‘ynaldi. Xalqaro tadbirda 14 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan 1,14 ming nafarga yaqin sportchi – 9 ta MDH davlati vakillari ishtirok etdi.
Mavzuga oid
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
21:48 / 12.05.2026
Lukashenko armiyani urushga tayyorlash uchun qo‘shinlarning «maqsadli safarbarligi»ni e’lon qildi
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
19:13 / 07.04.2026