Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shuhrat Sirojiddinovga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot topshirildi
Foto: KUN.UZ
Samarqand shahrida o‘tkazilgan MDH Parlamentlararo Assambleyasining yalpi majlisida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, professor Shuhrat Sirojiddinovga Chingiz Aytmatov nomidagi mukofotni berish to‘g‘risida MDH PA Kengashining qarori qabul qilindi.
Yalpi majlisda olimga mukofotni Qirg‘iziston delegatsiyasi rahbari Nurlanbek Shakiyev topshirdi. Shuhrat Sirojiddinov matnshunoslik va adabiyotshunoslik sohasida yirik olim sifatida tanilgan, o‘zbek mumtoz adabiyoti, dinshunoslik va tarjima nazariyasiga oid qator ilmiy asarlariga ega. Yozuvchi 140 dan ortiq ilmiy maqolalar, 16 ta monografiya va o‘quv qo‘llanmalar muallifi.
Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot Qirg‘iziston Jogorku Keneshi taklifi bilan 2012 yil noyabr oyida ta’sis etilgan. Mukofot har yili madaniyat, ma’rifat sohasidagi xizmatlari, gumanitar fanlar, adabiyot va san’at rivojiga, madaniy merosni o‘rganish va asrab-avaylash, madaniyatlar, millatlar hamda elatlarni yaqinlashtirish va o‘zaro boyitish, tinchlik va do‘stlikni mustahkamlashga, shuningdek, davlatlar o‘rtasidagi ma’naviy aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shganlarga beriladi.
Mavzuga oid
19:45 / 15.11.2025
“Kelajak merosi” mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
15:05 / 10.11.2025
Tibbiy xizmatlar eksportini oshirgan markazlarga alohida mukofot beriladi
19:21 / 09.11.2025
Prezident farmoni bilan bir guruh tibbiyot xodimlari mukofotlandi
20:33 / 24.10.2025