Jahon | 16:34 / 30.10.2022
33425
7 daqiqa o‘qiladi

Xersonga kelgan HIMARS, Baxmut atrofidagi janglar. Urush suratlari

Qarama-qarshilikning navbatdagi kuni RF Qora dengiz flotining Sevastopoldagi bazasiga dronlar hujumi va Rossiya hukumatining ukrain portlaridan bug‘doy olib chiqilishi xavfsizligini ta’minlab kelayotgan «bug‘doy kelishuvi»dan chiqishi bilan yodda qoldi. RF mudofaa vazirligi Buyuk Britaniyani «Shimoliy oqim» quvurlariga diversiya uyushtirishda gumonladi (Londonda bu ayblov yolg‘on ekani ma’lum qilindi). Rossiya telegram-kanallarida Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni, general Aleksandr Lapinning taqdiri faol muhokama qilinmoqda. Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning navbatdagi tanqidlaridan keyin manbalar Lapin lavozimidan ozod etilgani haqida yoza boshladi.

Quyida 29 oktyabr, urushning 248-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar keltiriladi.

Xerson atrofidagi front chizig‘ida HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari paydo bo‘ldi

Hannibal Hanschku / EPA / Scanpix / LETA

HIMARS — eng muhim zamonaviy qurollardan biri va Ukrainadagi urushning haqiqiy ramzi. G‘arbdan aynan shunday raketa tizimlari yetkazib berilgani tufayli Ukraina qurolli kuchlari urushda burilish yasadi: Rossiya guruhlarining front ortidagi logistik markazlariga samarali zarbalar berilishi oqibatida RF qurolli kuchlari ta’minoti buzildi va Ukraina armiyasi Xarkiv oblastini qaytarib oldi. Shu bilan birga frontda HIMARS oxirgi vaqtlarga qadar «arvoh qurol»ga aylangandi: bunday tizimlar so‘nggi bor iyul oyi boshida tasvirga tushirilgan. 29 oktyabr kuni HIMARS yana fotograf obektiviga tushdi — bu safar ayni vaqtda harbiy harakatlarning «qaynoq» nuqtalaridan biri bo‘lib turgan Xerson oblastida.

Hannibal Hanschku / EPA / Scanpix / LETA

HIMARS sovetlarning baravar o‘t ochish reaktiv tizimlaridan uch muhim afzalligi bilan ajralib turadi: birinchidan, uning uchun standart raketalar GPS orqali o‘zini o‘zi yo‘naltirish tizimiga ega, bu ularning «raqiblar»nikiga qaraganda nishonga aniqroq borishini ta’minlaydi; ikkinchidan, HIMARS nisbatan mobil (o‘z joyini tezda o‘zgartiradi) va ishonchliroq zirhlangan; uchinchidan, alohida konstruksiya tufayli qayta o‘qlashga ancha kam vaqt ketadi. 

Hannibal Hanschku / EPA / Scanpix / LETA

The New York Times gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Xerson oblastida ham HIMARS’ning barcha ustunliklaridan foydalanmoqda — nashr manbalari frontning bu uchastkasida ukrainlar artilleriyasi aniq va kuchli zarbalar berishda rossiyaliklardan yaxshiroq harakat qilayotganini aytgan.

Ukrainlarning Donetsk oblastidagi pozitsiyalari

Xerson frontning yagona «qaynoq» uchastkasi emas: Donetsk oblastining Baxmut shahri atrofida ham  intensiv harbiy harakatlar davom etmoqda, bu hududda Rossiya tomonidan «Vagner» kuchlari yurish qilmoqda. Fotoda — Ukraina qurolli kuchlarining 53-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi gaubitsasi raqib pozitsiyasi bo‘ylab o‘t ochmoqda.
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblastining front chizig‘idagi qishloqlaridan birida Viktor ismli ukrainalik harbiyning quroli va yotoq joyi
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi front chizig‘i yaqinida ukrain harbiylari isinish va ovqat tayyorlashda ishlatish uchun o‘tin maydalamoqda
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari qiruvchisi Baxmut osmonida raketalardan qochish uchun manyovr qilmoqda
Metin Aktas / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmutda snaryad tushishidan yonib ketgan uy 

AFP fotografi Dimitar Dilkoff Baxmutda yashovchi 63 yoshli Lyudmila Xarchenkoning kvartirasiga artilleriya snaryadi tushishi oqibatlarini tasvirga oldi. Fotoda — uyda chiqqan yong‘inga qarshi kurashayotgan o‘t o‘chiruvchi.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Pensionerka mo‘jiza tufayli omon qolgan — bombardirovka vaqtida u non olib kelish uchun kvartirani tark etgan edi. Do‘kondan qaytgan Lyudmila o‘z kvartirasi o‘rnida xarobalarni ko‘rdi.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Yongan mebel va Lyudmilaning yaqinlari portreti — bular pensionerning kvartirasida qolgan bor narsa.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Chernihiv oblastidagi ko‘ngillilar

Ukrainaning Rossiya armiyasi bir necha oy oldin chiqib ketgan regionlarida hali ham bosqin oqibatlarini bartaraf etish jarayoni davom etmoqda. 29 oktyabr kuni ko‘ngillilar guruhi Chernihiv oblasti Novoselovka qishlog‘ida yig‘ilib, harbiy harakatlar chog‘ida artilleriya zarbalaridan vayron bo‘lgan uylarni tozalashga kirishdi.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Chernigiv oblastida ko‘ngillilar faoliyatini yangi tashkil topgan «Bo mojyemo» tashkiloti muvofiqlashtirmoqda. Bugungi kunda u nafaqat jabrlangan aholi yashash manzillari aholisini, balki butun Chernihiv va Ukrainaning boshqa regionlarida yashovchilarni ham birlashtirgan.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Xarobalarni tozalash — «Bo mojyemo» faollari Novoselovka va Chernihivning boshqa aholi yashash manzillari uchun ko‘rsatayotgan yordamning bir qismi. Tashkilotning asosiy vazifasi — boshpanasiz qolgan odamlarga qishda xavfsiz va issiq yashash joylari topib berishdir.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
«Bo mojyemo» faollari ishdan keyin hovlida tuzalgan stol atrofida tushlik qilishmoqda.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

 

Mavzuga oid