O‘zbekiston | 12:51 / 01.11.2022
7606
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida o‘z pozitsiyasini yaxshiladi

Joriy yil 26 oktabr kuni Huquq ustuvorligi indeksi (Rule of Law Index) navbatdagi natijalari e’lon qilindi.

Joriy yilda O‘zbekistonning barcha sakkizta indikator bo‘yicha ko‘rsatkichlarida yaxshilanish kuzatildi.

Huquq ustuvorligi indeksi har yili World Justice Project xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuziladi va 8 ta indikatorni - «Hokimiyat vakolatlarining cheklanganligi», «Korrupsiyadan xolilik», «Davlat institutlari faoliyati ochiqligi (shaffofligi)», «Asosiy huquqlarni himoya qilish», «Tartib va xavfsizlik», «Huquqni muhofaza qilish», «Fuqarolik va jinoiy odil sudlov»ni o‘z ichiga oladi.

Mazkur indeksda O‘zbekistonga berilgan baho mamlakat xalqaro hamjamiyatda ijobiy imijini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. 

Mamlakat umumiy ro‘yxatda Serbiya, Albaniya, Xitoy, Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarni ortda qoldirib, 140 ta davlat orasida 78-o‘rinni egalladi.

2022 yilda huquq ustuvorligi faqatgina 54 ta davlatda yaxshilandi, 85 tasida yomonlashdi va 1 ta davlatda o‘zgarishsiz qoldi. Ushbu indeksda O‘zbekiston huquq ustuvorligi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangan davlatlar qatoriga kiritildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid