Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning yirik aviatashuvchisi O‘zbekiston bozoriga kiradi
O‘zbekistonning Vengriyadagi (qarorgohi Venada) elchisi Abat Fayzullayev Budapesht shahrida Wizz Air aviakompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda Wizz Air aviakompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirishi hamda Yevropa mamlakatlari va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.
Joriy yil 13 dekabrdan Wizz Air Abu-Dhabi aviakompaniyasi «Abu-Dabi – Samarqand» yo‘nalishi bo‘ylab parvozlarni amalga oshira boshlashi qayd etildi.
Aviakompaniya uchun Vengriya va O‘zbekistonning yirik shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yish strategik maqsadlardan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Muzokara davomida noyabr oyida Wizz Air bosh ijrochi direktori Yojyef Varadi boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahriga amaliy safarini tashkil etish va O‘zbekistonning vakolatli idoralari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishga kelishib olindi.
Wizz Air ekspertlar delegatsiyasining joriy yil noyabr oyida Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etuvchi Vengriya delegatsiyasi tarkibida Samarqand shahriga borishi va u yerda tashkil etiladigan biznes-forumda ishtirok etishi masalalari ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
23:35 / 06.06.2026
Pentagon rahbari Yevropani migrantlar «bosqini»ni to‘xtatishga chaqirdi
08:38 / 22.05.2026
Yevropada tanosil kasalliklari keskin ko‘paydi
08:21 / 20.05.2026