Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada ukrainaliklar nomidan «Vagner»ga qarshi da’vo qo‘zg‘atiladi
Britaniyaning McCue Jury & Partners yuridik firmasi urushdan jabr ko‘rgan ukrainaliklar nomidan Yevgeniy Prigojin va «vagnerchilar»ga qarshi sudga murojaat qilmoqda.
Britaniyaning McCue Jury & Partners yuridik firmasi rossiyalik tadbirkor Yevgeniy Prigojin va u asos solgan xususiy harbiy kompaniya (XHK) - «Vagner»ni urushdan jabrlangan ukrainaliklar nomidan sudga beradi. Bu haqda 1 noyabr, seshanba kuni tashkilot saytida chop etilgan bayonotda aytiladi.
Firmaning ta’kidlashicha, u «dunyodagi yetakchi ekspertlar koalitsiyasi bilan kengroq fuqarolik jamiyati huquqiy kampaniyasi» doirasida ish olib bormoqda. Bayonotda qayd etilishicha, advokatlar Prigojin va «Vagner»ga ogohlantirish yuborishgan.
Kompaniya «Prigojin, «Vagner» XHK va Putinning harbiy mashinasi o‘rtasida Ukraina xalqini qo‘rqitish uchun tuzilgan fitna»ga ishora qildi. «Biz o‘ylaymizki, bu tarixda birinchi marta xususiy harbiy kompaniya terrorizm, shuningdek, noqonuniy urush olib borish uchun davlat xazinachisi davlati bilan til biriktirgani uchun sudga tortilyapti», deb tushuntirdi McCue Jury & Partners.
Yuridik firmaning ta’kidlashicha, undan «Vagner» XHK va boshqa vositachi xususiy harbiy kompaniyalarga oid xalqaro ishlar bo‘yicha parlament qo‘mitasi ishining bir qismi sifatida dalil taqdim etish so‘ralgan. «Jabrlangan ukrainaliklar «Vagner» XHKga qarshi Oliy sud tinglovi bo‘yicha birinchi qadamni qo‘yib, uni javobgarlikka tortish va yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishdi», — deyiladi bayonotda. Ish kraudfanding orqali moliyalashtirilishi taxmin qilinmoqda.
Huquqshunoslarning fikricha, bu holat dunyoning bunday tashkilotlardan «o‘zlaridan ajralib, xalqaro jinoyatlaridan yashirinishga urinayotgan» rejimlar uchun vositachi sifatida foydalanishga munosabatini o‘zgartirishi mumkin.
«Vagner» XHKning yollanma askarlari ko‘p yillar davomida Kreml tomonidagi turli qurolli mojarolarda yashirin ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Moskva har doim xususiy harbiylashtirilgan guruhlar bilan aloqalarini rad etib keladi.
Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin aloqador hisoblangan Yevgeniy Prigojin sentabr oxirida «Vagner» XHK asoschisi ekanligini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u 2014 yilning may oyida Donbass ayirmachilarini qo‘llab-quvvatlash uchun harbiylashtirilgan tuzilmani yaratgan. Oktabr oyida Londonda joylashgan Middle East Eye nashri nomi oshkor etilmagan manbalarga tayanib, Ukrainadagi yo‘qotishlar tufayli «Vagner» XHK Turkiya, Serbiya, Chexiya, Polsha, Vengriya, Germaniya, Moldova, Kanada va Lotin Amerikasi mamlakatlarida askarlarni yollash bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirganini xabar qildi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026