Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm viloyati prokurori Bosh prokuraturaga ishga o‘tmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori o‘zgardi.
Foto: Xorazm viloyati prokuraturasi
Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlanyapti. Bu xabarni Kun.uz’ning bir-biridan mustaqil ikki manbasi tasdiqlandi.
2020 yil fevralidan buyon O‘zbekiston Respublikasining Harbiy prokurori lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Sharopovich Uzoqov nima sabab bilan ishdan olingani yoki qaysi lavozimga o‘tgani noma’lum.
Yangi tayinlov haqida 2 noyabr kuni rasman e’lon qilinadi.
Xorazm viloyati prokurori lavozimiga esa hozirda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlayotgan Umirbek Madraimov tayinlanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, B.Qudratxo‘jayev muqaddam Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlagan, 2020 yil 12 oktyabrida Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
12:48 / 27.11.2025
Mahmud Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
16:33 / 25.11.2025