Viloyat hokimligi xabariga köra, yiğilişda Özbekiston Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida işlab kelayotgan Botir Qudratxöjayev Xorazm viloyati prokurori etib tayinlandi.

Botir Qudratxöjayev bungaça Toşkent şahri prokurori bölgan (2016−2017), undan avvalroq Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvçi, viloyat prokurori bölib işlagan (2014−2016). 

U 2017 yil iyunidan hozirga qadar Özbekiston Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida işlab kelayotgandi.  

Bundan oldin, 2018 yil fevralidan hozirga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida işlab kelayotgan Jahongir Hotamov Namanganga prokuror etib tayinlangandi.