O‘zbekiston | 16:39 / 03.11.2022
15600
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning 5 viloyatida qurilish bosh boshqarmasi boshliqlari lavozimidan ozod qilindi

Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona va Namangan viloyatlari qurilish bosh boshqarmasi boshliqlari lavozimidan ozod qilindi va yangi boshliqlar tayinlandi.

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonning beshta viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshliqlari lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Telegram’dagi «Nigoh» kanali xabar berdi.

Qaror bilan:

  • Sohibjon Jumayev Buxoro viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Hayot Davlatov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
  • Timur Turdiboyev Jizzax viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Mahmud Tursunov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
  • Zohidjon Zokirov Qashqadaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Aktam Chorshanbiyev ushbu lavozimdan ozod qilindi;
  • Laziz Pozilov Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Akmal Rahmonov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
  • Dilshod Niyazov o‘z arizasiga asosan Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.

Bundan tashqari, Said To‘xtayev Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan. Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — shahar bosh arxitektori lavozimiga Shavkat Do‘smuhamedov nomzodi ma’qullangan.

Mavzuga oid