Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti navbatdagi sessiyasi Samarqandda o‘tkaziladi
Ummonning turizm sohasiga ixtisoslashgan Wejhatt gazetasi internet sahifasida O‘zbekiston ziyorat turizm sohasidagi imkoniyatlariga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Gazetxonlar e’tiboriga O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, mamlakatga sayohat qilishga qiziqish oshayotgan islom davlatlari bilan rivojlantirilayotgan hamkorlik, sohaga joriy qilinayotgan innovatsion yechimlar to‘g‘risidagi ma’lumot havola etilgan.
“O‘zbekiston ko‘plab davlatlar fuqarolariga taqdim etilayotgan vizasiz kirish tartibi va sayohat qilish uchun yaratilayotgan qulayliklar bo‘yicha yetakchi turistik hudud maqomiga ega bo‘lmoqda. 65 ta davlat fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz kirish 77 ta davlat fuqarolari uchun esa soddalashtirilgan elektron viza tizimlarini joriy etilgani sayohatchilarga qo‘shimcha imtiyozlar bermoqda”, deb yozgan muallif.
Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan Xiva shahri “Islom olami turizm poytaxti” etib saylangani, BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti navbatdagi sessiyasi 2023 yil Samarqand shahrida o‘tkazilishi ma’lum qilingan.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026