Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Transfermarkt O‘zbekiston futbol milliy jamoasini 24 mln yevroga baholadi
Sobiq SSSR davlatlari orasida O‘zbekiston milliy jamoasi beshinchi, Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinda qayd etilgan.
Futbolchilarning shartnomasi haqidagi ma’lumotlarga ixtisoslashgan Germaniyaning Transfermarkt portali O‘zbekiston milliy jamoasi qiymatini 24,65 mln yevroga baholadi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyoda oltinchi, sobiq SSSR davlatlari orasida beshinchi, Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinda.
Milliy jamoaning eng qimmat futbolchisi hamon «Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov bo‘lib turibdi, uning taxminiy bozor narxi 8 mln yevroga baholangan. Bu qiymat o‘tgan yilga nisbatan 6 mln yevroga arzonlagan.
Sobiq SSSR davlatlari orasida Ukraina eng qimmat jamoaga aylandi. Transfermarkt ekspertlari uni 176,5 million yevroga baholagan. Ukrainaning eng qimmat futbolchisi Italiyaning «Atalanta» klubi yarimhimoyachisi Ruslan Malinovskiy bo‘lib, uning narxi 28 mln yevro.
Ikkinchi o‘rinda Rossiya milliy jamoasi (138,8 mln yevro), eng qimmat futbolchisi «Krasnodar» klubi darvozaboni Matvey Safonov (16 mln yevro).
Keyingi o‘rinlarda (barcha narxlar yevroda):
- Gruziya (83,95 mln), eng qimmat futbolchisi — yarimhimoyachi Xvicha Kvaratsxeliya («Napoli» Italiya) - 35 mln.
- Armaniston (27,65 mln) — yarimhimoyachi Eduard Spersyan, («Krasnodar», Rossiya) - 9 mln.
- O‘zbekiston (24,65 mln) — hujumchi Eldor Shomurodov («Roma», Italiya) - 8 mln.
– Qozog‘iston (17,6 mln) – yarimhimoyachi Baxtiyor Zaynutdinov (TsSKA, Rossiya) – 3,5 mln.
- Ozarboyjon (17,15 mln) — hujumchi Mohir Emreli («Dinamo Zagreb», Xorvatiya) - 1,5 mln.
- Moldova (14,75 mln) — himoyachi Oleg Ryabchuk («Olimpiakos», Gretsiya) - 4 mln.
- Belarus (12,60 mln) — yarimhimoyachi Yevgeniy Yablonskiy («Aris Limassol», Kipr) - 1,2 mln.
- Estoniya (10,6 mln) — darvozabon Karl Xayn («Arsenal» yoshlar jamoasi, Angliya) - 1,5 mln.
- Latviya (9,6 mln) — hujumchi Raymonds Krollis («Valmiyera», Latviya) - 1,5 mln.
- Litva (6,78 mln) — himoyachi Arvidas Novikovas («Samsunspor», Turkiya) - 600 ming
- Qirg‘iziston (5,98 mln) — himoyachi Valeriy Kichin («Yenisey», Rossiya) - 750 ming.
- Tojikiston (5,28 mln) – yarimhimoyachi Parvizjon Umarboyev (TsSKA-1948, Bolgariya) – 750 ming.
- Turkmaniston (2,06 mln) — himoyachi Arslanmurod Amanov («Ahal», Turkmaniston) - 200 ming
Mavzuga oid
20:33 / 04.06.2026
Jahon chempionatida irqchilik holatlari yuz bersa, o‘yin butunlay to‘xtatiladi
09:01 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
17:49 / 02.06.2026