O‘zbekiston | 11:09 / 05.11.2022
10236
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Turkiy tashkilot yuqori darajali mansabdor shaxslari uchrashadi

Joriy yil 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammitiga tayyorgarlik doirasida joriy yil 6-8 noyabr kunlari Toshkent shahrida TDT yuqori darajali mansabdor shaxslari navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Foto: AP

Tadbirda a’zo va kuzatuvchi davlatlar Tashqi ishlar vazirliklari tegishli departament rahbarlari, TDT kotibiyati, Turkiy akademiya hamda Turkiy madaniyat va meros fondlari vakillari ishtiroki kutilmoqda.

Uchrashuvda tomonlar Samarqand sammiti va 10 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashi navbatdagi yig‘ilishi kun tartibi, dasturi hamda mazkur tadbirlarga kiritiladigan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqib, qabul qilishi rejalashtirilgan. Tadbirda Samarqand sammitiga tayyorgarlik bilan bog‘liq boshqa masalalar ham muhokama qilinishi kutilmoqda.

TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar - Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va Vengriya. TDT bilan bog‘liq tashkilotlar - TURKSOY, TURKPA, Turkiy akademiya va Turkiy madaniyat va meros fondlari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid