Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Koreya rektorlari birinchi forumi o‘tkaziladi
Ayni kunlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ullaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi.
Vazir o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Koreya Respublikasining Ta’lim vaziri o‘rinbosari Sang Yon Jang bilan uchrashuv o‘tkazib, ta’lim sohasidagi ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Tomonlar Koreya ta’lim vazirligi hamda Milliy tadqiqot jamg‘armasi “Ilg‘or universitetlarni xalqaro qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga kelishildi.
Shuningdek, 2023 yilda mamlakatimizda O‘zbekiston-Koreya rektorlari birinchi forumini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, muloqot davomida Toshkentdagi Adju universiteti faoliyatini doimiy muassasa sifatida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Koreya ta’lim vazirligi tomonidan berilishi lozim bo‘lgan ruxsatnomani qisqa muddatda olishga kelishildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Koreya vakillari o‘zaro manfaatli va mustahkam aloqa o‘rnatishga tayyor ekanliklari, bu borada barcha imkoniyatlar, o‘rtaga tashlangan takliflarni o‘rganib, ularni kelgusida amaliyotga tatbiq etishga kelishib olindi.
Shu kunning o‘zida Sarvarxon Buzrukxonov Koreyaning Adju universiteti prezidenti Keeshoo Choi bilan ham uchrashuv o‘tkazib, Toshkent shahridagi Adju universiteti faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
2023-2024 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahridagi Adju universitetida yangi ikkita ta’lim yo‘nalishini ochishga, o‘zbekistonlik pedagoglarni Koreyada tayyorlashga kelishib olindi.
Toshkentdagi Adju universiteti binolarini rekonstruksiya qilishning ikkinchi bosqichini hamda laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlash ishlarini jadallashtirishga, universitet faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishga qaror qilindi.
Delegatsiya a’zolari Adju universitetida ta’lim olayotgan o‘n olti nafar o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashib, ularning takliflari eshitildi.
Uchrashuv davomida Deu ta’lim jamg‘armasi tomonidan Toshkent shahridagi Adju universiteti uch nafar talabasining har biriga Koreyada bir semestr davomida o‘qish uchun 3 mln von qiymatidagi grant sertifikati topshirildi.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026