Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alsgeymer va Parkinson kasalliklarini davolashning yangi usuli topildi
Sichqonlarda o‘tkazilgan tajribada ushbu og‘ir kasalliklarni davolashning samarali usuli aniqlangan.
Amerikaning Sent-Luis shahridagi Vashington universiteti tibbiyot maktabi olimlari Alsgeymer va Parkinson kasalliklarini davolashning yangi usulini topdi. Tadqiqot natijalari Nature jurnalida chop etilgan.
Ko‘pgina neyrodegenerativ kasalliklar miyada amiloid blyashka deb ataladigan zararlangan oqsillarni to‘planishi bilan tavsiflanadi. Bunday oqsillarning chiqarib tashlash bilan bog‘liq usullar turli xil nyuanslarga ega. Yangi maqolada mualliflar blyashkalar to‘plamini yo‘q qilishning innovatsion usulini taqdim etdilar.
Qayd qilinishicha, miyani o‘rab turgan immunitet hujayralari blyashkalarni chiqarib tashlash samaradorligiga ta’sir qiladi. Ammo, yosh o‘tishi va Alsgeymer kasalligi oqibatida ushbu hujayralar faolligi pasayganligi kuzatilgan.
Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalarda mutaxassislar hayvonlarni immunostimulyatsiya qiluvchi dorilar ta’siriga duchor qilgan. Bu suyuqlikning chiqishini yaxshilab, immunitet hujayralarini «yoshartirgan». Natijada, miyadagi blyashkalar chiqib ketishi ham yaxshilangan.
Endi olimlar ushbu usulni insonlarda sinab ko‘rmoqchi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026