O‘zbekiston | 10:15 / 11.11.2022
9067
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: “Hozirgi tahlikali vaziyatda davlatlarimiz umumiy yondashuvlarni belgilab olishi, sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirishi nihoyatda muhimdir”

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar sammiti boshlandi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Jahon xalqlari uchun do‘stlik va tinchlik timsoli, ilm-fan va ma’rifat o‘chog‘i bo‘lgan Samarqand shahrini “Turkiy sivilizatsiya poytaxti” deb e’lon qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun sizlarga samimiy minnat-dorchilik bildiraman. Biz Turkiy dunyo buyuk tarixining yorqin sahifalari ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan birgalikda yaratilgani bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Bugungi kunda barchamiz keskin geosiyosiy ziddiyatlar, global iqtisodiy inqiroz va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari bilan bog‘liq murakkab sinovlarni boshimizdan kechirmoqdamiz.

Shu sababli hozirgi tahlikali vaziyatda eng dolzarb muammolar yechimi bo‘yicha davlatlarimiz umumiy yondashuvlarni belgilab olishi, sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirishi nihoyatda muhimdir. Biz har qanday qiyinchiliklarni do‘stlik, hamkorlik va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash orqali yengib o‘tishga qodirmiz.
So‘nggi bir yil davomida Tashkilotimizga Turkiyaning raisligi chog‘ida turli yo‘nalishlar bo‘yicha ancha ishlar amalga oshirilgani, o‘zaro hamkorligimiz yanada faollashganini alohida e’tirof etmoqchiman.

O‘zbekiston ham o‘z raisligi davrida “TURKIY DUNYo NIGOH́I – 2040” konsepsiyasi hamda bugun qabul qilinayotgan “TURKIY DAVLATLAR TAShKILOTINING BeSh YILLIK STRATeGIYaSI”ni samarali amalga oshirish, 170 milliondan ortiq aholi yashaydigan ulkan mintaqani o‘z ichiga olgan Tashkilotimiz nufuzini yanada mustahkamlash, va eng asosiysi – tarixi, tili va madaniyati mushtarak bo‘lgan qardosh xalqlarimiz va davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yuksak pog‘onaga olib chiqish niyatidamiz”, — dedi prezident Mirziyoyev o‘z nutqining boshida.

Mavzuga oid