Turkiy tashkilot sammiti doirasida imzolangan hujjatlar ma’lum qilindi
Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti doirasida 10 dan ortiq hujjat imzolandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Jumladan, quyidagi hujjatlar imzolandi:
- Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti deklaratsiyasi;
- Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan bitimiga protokol;
- Turkiy investitsion fondni qisqa muddatlarda tuzish to‘g‘risidagi qaror;
- Bojxona koridorlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim;
- Aralash transport vositalarida yuk tashish to‘g‘risidagi bitim;
- Turkiy davlatlar tashkilotining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini qabul qilish to‘g‘risidagi qaror;
- Savdo tartiblarini soddalashtirish strategiyasini qabul qilish to‘g‘risidagi qaror.
A’zo davlatlar O‘zbekiston prezidentining kelayotgan 2023 yilni Turkiy sivilizatsiya yuksalishi yili deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi.
Tadbirda Qozog‘iston taklifiga ko‘ra, tashkilot navbatdagi sammitini 2023 yilda Qozog‘istonda o‘tkazishga qaror qilindi.
Ayni daqiqalarda prezidentimiz Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Unda Samarqand sammiti asosiy natijalari yuzasidan fikr almashish, oktabr oyida Ashxobodga bo‘lgan tashrifda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokamasi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
11:55 / 11.10.2024
Kiberxavfsizlik sammiti doirasida tashkil qilingan hakerlar musobaqasi yakunlandi
20:22 / 09.10.2024
Rossiyada o‘tkazilgan MDH sammitida qator hujjatlar imzolandi
09:10 / 09.10.2024
Kiyev noyabrda tinchlik sammiti o‘tkazish rejasidan voz kechdi
09:10 / 23.09.2024