Jahon | 08:43 / 11.11.2022
13955
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: Moskva bilan muzokaralar uchun eshikni yopib qo‘yganim yo‘q

Ukraina Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyor, lekin faqat Rossiya okkupantga aylanganini tan oladigan va haqiqatan ham tinchlikka tayyor bo‘lgan vakili bilan. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Amerikaning CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Foto: Reuters

Uning ta’kidlashicha, hozirgacha ultimatumlardan tashqari, Rossiya Federatsiyasining amaldagi prezidentidan hech narsa eshitmagan. 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u muzokaralar uchun eshikni yopmagan, biroq Kiyev faqat tinchlikka chindan tayyor bo‘lgan va «hozirda ular okkupantlar» ekanini tan olishga tayyor bo‘lgan shaxs bilan muloqotga tayyor. 

«Biz hamma narsani qaytarishimiz kerak. Yer, huquq, erkinlik, pul. Eng muhimi - adolat. Hozircha men Rossiyadan bunday bayonotlarni eshitmadim - na Putindan, na boshqa hech kimdan», - deya ta’kidladi Zelenskiy.

Avvalroq Ukraina prezidenti Kiyev faqat Rossiyaning navbatdagi rahbari bilan tinchlik muzokaralarini olib borishga tayyorligini takrorlagandi.

Rossiyani Ukraina bo‘yicha tinchlik bitimini ishlab chiqish, jumladan, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun muzokaralar stoliga o‘tirishga majburlash kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy aytib o‘tdi.

«Dunyo urushga, energiya va oziq-ovqat inqiroziga, tanish xalqaro munosabatlarning buzilishiga qarshi kurashga qaratilgan bo‘lsa, iqlim bo‘yicha kun tartibi aniq zarar ko‘radi. Iqlimning buzilishini qandaydir tarzda to‘xtatib bo‘lmaydi, - dedi u. - Shuning uchun iqlim bo‘yicha kun tartibini jiddiy pozitsiyada ko‘rayotganlar zudlik bilan rus agressiyasini to‘xtatishi, hududiy yaxlitlikni tiklashi va Rossiyani haqiqiy tinchlik muzokaralariga majburlashi kerak».

11 oktabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «katta yettilik» vakillari bilan uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar olib borish niyatida emasligini ma’lum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid