Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Ukraina janubida 41 ta aholi punkti ozod qilindi
Ukraina janubida allaqachon 41 ta aholi punkti ozod qilingan. Bu haqda prezident Volodimir Zelenskiy 10 noyabr kuni o‘zining an’anaviy kechki videomurojaati chog‘ida aytib o‘tdi.
Foto: Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
«Bugun janubdan xushxabar keldi. Davom etayotgan mudofaa amaliyoti doirasida o‘z qonuniy joyiga qaytayotgan Ukraina bayroqlari soni oshib bormoqda. 41 ta aholi punkti ozod qilindi», — dedi davlat rahbari.
U hozirda mamlakat janubida oldinga siljiyotgan Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga minnatdorchilik bildirdi.
Bundan oldin Rossiya qo‘shinlari annexia qilingan Qrim shimolida va Xerson viloyatida okoplar qazishni boshlagani ma’lum qilingandi. Bu haqda Ukraina ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Shuningdek, ochiq manbalardagi razvedka bo‘yicha mutaxassis (OSINT) Benjamin Pittet ham tegishli ma’lumotlarni e’lon qildi. U Twitter’da sun’iy yo‘ldosh suratlarini joylashtirdi, ularda Qrim shimolida okoplar qazilayotganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
08:33
Yevropa Ittifoqi Putin bilan ehtimoliy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda
08:18
Zelenskiy xorijiy siyosatchilarni Moskvada 9 may bayramini nishonlashdan tiyilishga chaqirdi
21:50 / 07.05.2026
Rossiya urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishdan «ma’no ko‘rmayapti»
16:17 / 07.05.2026