Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyada «Imom Buxoriy yurti avlodlari» xalqaro konferensiyasi tashkil etiladi
O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Saudiya Arabistoni podshohligi haj va umra vazirining xalqaro hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari Hasan Allamnaxra bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Suhbatdosh Makka yoki Jidda shahrida “Imom Buxoriy yurti avlodlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya va ko‘rgazmani tashkil etish atroflicha o‘rganib chiqilayotgani va bunda Saudiya vazirlik va idoralari hamda Butunjahon musulmonlar uyushmasi faol ishtirok etayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda sayyohlik industriyasi rivojlanib borayotgani ta’kidlanar ekan, Saudiya Arabistonidan ham Toshkentga kelayotgan sayyohlar sonini oshirishga e’tibor qaratish muhimligi qayd etildi.
Suhbat chog‘ida Hasan Allamnaxra “agar saudiyaliklar O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini yanada yaqindan bilganlarida ular Yevropa davlatlariga emas, balki Imom Buxoriy vatanini ziyorat qilar edilar”, dedi.
Muloqot chog‘ida mamlakat sayyohlik salohiyatini Saudiyada keng targ‘ib etish, O‘zbekiston turkompaniyalari tomonidan oilaviy turistik paketlar ishlab chiqilishidagi afzalliklar, Jidda shahrida Haj va umra masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etilishi hamda uning ishida mamlakat vakillari ishtiroki bilan bog‘liq va kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar muhokama etildi.
Mavzuga oid
08:48 / 20.06.2026
Qumga boy Saudiya nega qum import qilmoqda?
08:18 / 10.04.2026
Saudiyadagi The Line loyihasi qurilishi kosmosdan kuzatildi
14:30 / 18.03.2026
Termizda O‘zbekiston–Rossiya konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
20:31 / 13.11.2025