O‘zbekiston | 10:33 / 12.11.2022
11769
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Yangi O‘zbekiston» madaniyat saroyi quriladi

2023-2026 yillarda madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasi e’lon qilindi.

Toshkent shahrida madaniy xizmat ko‘rsatish servisi bo‘yicha barcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston” madaniyat saroyini barpo etish rejalashtirilmoqda.

Bunda, muassasani tashkil etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, loyiha-smeta hujjatlariga asosan Vazirlar Mahkamasida taqdimot o‘tkazish, muassasani qurish bo‘yicha yer maydoni ajratish, qurilish ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, innovatsion madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etish va jihozlash ishlarini amalga oshirish ham mo‘ljallanmoqda.

Bunda, madaniyat markazlari moddiy-texnik bazasi xatlovdan o‘tkaziladi, markazda innovatsion ijodiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha texnik vazifalar tayyorlanadi, madaniyat markazlarida buk-kafe, Wi-Fi zonalar tashkil etiladi, ijodiy loyihalar moliyalashtiriladi, innovatsion madaniyat markazi taqdimoti o‘tkaziladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid