Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Ramzon Qodirovning xotiniga «qahramon ona» unvonini berdi
Foto: RBK
Rossiya prezidenti Vladimir Putin birinchi marta «qahramon ona» unvonini berish haqidagi farmonni imzoladi.
Bu unvonni qo‘lga kiritgan birinchi ikki ayol — Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning rafiqasi Medni Qodirova va Yamal-Nenets avtonom okrugida yashovchi Olga Dextyarenko bo‘ldi.
Ayollar «Oila institutini mustahkamlash va bolalar tarbiyasidagi ulkan xizmatlari uchun» unvonga sazovor ko‘rildi. Qo‘shimcha ravishda ular bir million rublga ham ega bo‘lishdi.
Putin «qahramon ona» unvonini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni avgust oyi o‘rtalarida imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, unvon 10 nafar va undan ortiq bolani tug‘gan va tarbiyalagan Rossiya fuqarolariga beriladi.
Xuddi shunday unvon SSSR paytida 1944 yildan beri mavjud edi. Sovet Ittifoqi parchalanishidan oldin uni 400 mingdan ortiq ayol olgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Ramzon Qodirovning 14 nafar farzandi bor. Uning rafiqasi Medni Qodirova Axmat Qodirov nomidagi mintaqaviy jamoat fondi vitse-prezidenti va Checheniston rahbari kotibiyati raisi o‘rinbosari lavozimida ishlaydi.
Mavzuga oid
09:50
Tramp: Putin tinchlikni istayapti, kelishuvga Zelenskiy to‘sqinlik qilyapti
14:47 / 12.01.2026
Ukraina razvedkasi: Qodirovning sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli Kreml unga voris izlamoqda
22:33 / 09.01.2026
Tramp Putinga sabr-toqati tugayotgani haqida signallar yubormoqda – OAV
09:26 / 05.01.2026