Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Lavrovning Balida kasalxonaga yotqizilganini rad etdi
AP agentligi Sergey Lavrovning Balida kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova bu ma’lumotni rad etdi. Mahalliy hokimiyat vakillariga ko‘ra, Lavrov shifoxonani tark etgan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G20 sammitida ishtirok etish uchun kelgan Indoneziyaning Bali orolidagi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda 14 noyabr, dushanba kuni mahalliy hokimiyat organlarining bir nechta vakillariga tayanib, AP agentligi xabar berdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Lavrovning kasalxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlarni rad etib, ularni «feyk xabar» deb atadi.
Bali gubernatori I Vayan Koster keyinroq Reuters agentligiga Sergey Lavrov allaqachon kasalxonani tark etgani va uning salomatligi yaxshi ekanini aytdi.
Lavrov 13 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning nomidan sammitda ishtirok etish uchun Baliga yetib keldi.
Mavzuga oid
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
08:54 / 26.05.2026
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
23:30 / 07.04.2026
«Alisherning iltimosiga ko‘ra telefon qilyapman» – Lavrovning suhbatini tinglashdi
13:59 / 21.01.2026