O‘zbekiston | 08:28 / 14.11.2022
104286
1 daqiqa o‘qiladi

Sobiq «Ummon» guruhi xonandasi Jasur Rafiqov vafot etdi

Sobiq «Ummon» guruhi xonandasi Jasur Rafiqov vafot etdi. Bu haqda sobiq guruh xonandalaridan biri Shohruh Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Oktyabr oyi boshlarida Shohruh Instagram’dagi sahifasiga do‘stlari Zohid hamda Jasurning dardiga shifo tilab post joylagandi.

Post ostidagi izohlarda guruh muxlislari Jasur Rafiqovning anchadan beri saraton bilan kurashayotgani haqida yozib qoldirgan.

Guruh xonandalaridan yana biri Zohid Risqiyev sentabr oyi oxirlarida Yunusobod tumanida joylashgan Mega Planet savdo markazi yaqinida YTHga uchradi. 

Ayni paytda u jonlantirish bo‘limida. Sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Unga barcha tegishli tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumot uchun, «Ummon» guruhi 2019 yilda tarqalib ketgan edi.

Mavzuga oid