Yaponiya O‘zbekistonda litiy batareyalarini ishlab chiqarish masalasini o‘rganyapti
O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muhsin Abdurahmonov Yaponiya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi, Itochu korporatsiyasi maslahatchisi Tsuyoshi Nishitani bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Tsuyoshi Nishitani O‘zbekiston tomoni 2019 yilda O‘zbekiston prezidentining Yaponiyaga tashrifi mobaynida erishilgan kelishuvlar ijrosi bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borayotganini ta’kidlab o‘tdi.
Itochu korporatsiyasi maslahatchisi yapon biznes-doira vakillarining O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, tog‘-kon sanoati, mashinasozlik, kimyo va to‘qimachilik sanoati sohalarida qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqishi mavjudligini bildirdi.
Hozirgi kunda mamlakatda litiy batareyalarini ishlab chiqarish masalasi yapon tomonidan o‘rganib chiqilayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
20:30 / 21.12.2024
Yaponiya kompaniyasi noyob ichimlik - kosmik sakeni tayyorlash niyatida
22:03 / 18.12.2024
Yaponiya kelgusi yilda mudofaa xarajatlarini rekord darajada oshiradi
19:53 / 18.12.2024
Yaponiya sun’iy yo‘ldoshlar yuklangan birinchi to‘liq tijorat raketasini yana uchira olmadi
22:42 / 16.12.2024