Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Xerson tashlab ketilgan minalar tufayli xavfliligicha qolmoqda
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy an’anaviy kechki nutqida Xerson viloyati aholisidan okkupatsion kuchlar mintaqada qoldirishi mumkin bo‘lgan portlovchi qurilmalar tufayli hushyor bo‘lishni so‘radi.
Foto: president.gov.ua
«Afsuski, minalardan tozalash vaqtida sapyorlarimizdan biri halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari yaralandi. Men Xersonning barcha aholisidan ehtiyot bo‘lishni va barcha xavfli narsalar haqida zudlik bilan qutqaruvchilarga xabar berishni so‘rayman», - dedi Zelenskiy.
Ukraina rahbari mintaqada qo‘poruvchi guruhlarni, shuningdek, rossiyalik askar va yollanma askarlarni qidirish davom etayotganini ta’kidladi.
Bundan oldin Ukraina Xerson ustidan nazoratni qaytarib olganini e’lon qilgandi.
«Xerson Ukraina nazorati ostiga qaytmoqda, Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari shaharga kirib bormoqda», — deya ma’lum qildi 11 noyabr kuni mamlakat mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (BRB).
Shu bilan birga, Mudofaa vazirligi «Rossiya armiyasi qo‘mondonligi tomonidan Xersonda tashlab ketilgan rossiyalik harbiy xizmatchilarga murojaat» bilan chiqdi. «Qo‘mondonlaringiz sizni fuqarolik kiyimiga o‘tishga va Xersondan qochishga harakat qilishga undamoqda. Muvaffaqiyatga erisha olmaysiz», deyiladi hujjatda, shuningdek, ruslarning chekinish yo‘llari Ukraina Qurolli kuchlari nazorati ostida ekanligi ham ta’kidlangan.
Shaharda qolgan rus harbiy xizmatchilari ularga xavfsizlik, hayot va keyinchalik almashish imkoniyatini va’da qilib, taslim bo‘lishga chaqirildi. «Ukraina Qurolli kuchlariga qarshilik ko‘rsatishga qaratilgan har qanday urinishlar to‘xtatiladi. Qarshilik ko‘rsatgan har bir rossiyalik harbiy yo‘q qilinadi. Sizda o‘limdan qochish uchun yagona imkoniyat bor - darhol taslim bo‘lish», - deyiladi Ukraina Mudofaa vazirligi bayonotida. Ruslarga Jyeneva konvensiyalariga rioya qilish, shuningdek, oziq-ovqat va tibbiy yordam ko‘rsatish kafolatlangan.
Mavzuga oid
21:27 / 15.12.2025
Tinchlik muzokaralari: Ukraina Donbassdan qo‘shinlarini olib chiqishga rozi emas
09:33 / 15.12.2025
Zelenskiy va Uitkoff 15 dekabrda Germaniyada muzokaralarni davom ettiradi
08:31 / 15.12.2025
Uitkoff Berlindagi uchrashuvdan so‘ng: o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinlashdik
20:30 / 14.12.2025