Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi terakt ijrochisi harakatlari videosi e’lon qilindi
Turkiya politsiyasi Istanbulning Beyo‘g‘lu tumanidagi Istiqlol ko‘chasida sodir etilgan portlashning ijrochisi harakatlari aks etgan kadrlarni e’lon qildi.
Foto: Videodan kadr
Kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlarda portlashni uyushtirgan Suriya fuqarosi Alham Albashir 13 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:17 da Taqsim maydonidan Istiqlol ko‘chasi tomon harakatni boshlaganini ko‘rish mumkin.
Terrorchi bir muddat qo‘lida xalta va paket bilan maydon bo‘ylab sayr qiladi. Shu bilan bir qatorda Albashir kimligini yashirish uchun yuzini sharf bilan yopadi.
Soat 15.29 da terrorchi kafelardan birining oldidan o‘tadi.
Soat 15:30 da u portlash sodir bo‘lgan joydan uncha uzoq bo‘lmagan do‘kon oldidagi skameykaga o‘tiradi. Uning ryukzaki va sumkasi hali ham yonida. Albashir taxminan 41 daqiqa o‘tiradi.
Soat 16:11 da terrorchi ryukzakni skameykaga tashlab, shoshib Taqsim maydoni tomon harakatlanadi.
Soat 16.14 da kuchli portlash sodir bo‘ladi. Shu payt Albashir yugura boshlaydi.
Taxminan soat 16:17 larda terrorchi xuddi shu yo‘nalishda Taqsim maydoniga qaytadi.
Mavzuga oid
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
09:17 / 05.05.2026
Xitoyda feyyerverk zavodida yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
07:44 / 05.05.2026