Jahon | 08:01 / 16.11.2022
11112
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Rossiyaning yirik raketa hujumlariga reaksiya bildirdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan yirik raketa hujumlariga munosabat bildirdi. 

Foto: president.gov.ua

Zelenskiy tegishli murojaatni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirdi. 

Ukrainaga 85 ta raketa zarbasi berildi, ularning aksariyati energetika infratuzilmasiga qaratilgan, dedi u. 

«Hali oldinda yana 20 ga yaqin zarbalar bo‘lishi mumkin», deb taxmin qildi Zelenskiy.

Bundan oldin AQSh Rossiyaning raketa zarbalarini qoralab chiqqandi.

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jyeyk Sallivan so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda davom etadi.

«Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi so‘nggi raketa zarbalarini keskin qoralaydi, bu hujumlar Kiyevdagi turar-joy binolari va butun mamlakat bo‘ylab boshqa inshootlarga zarar yetkazgan. Bali orolidagi G20 sammitida dunyo yetakchilari yig‘ilib, odamlarning hayoti uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni muhokama qilganda, Rossiya bu hayotga tahdid solayotgani va Ukrainaning muhim infratuzilmasini vayron qilayotgani e’tiborimizdan chetda qolmadi», dedi u brifingda.

15 noyabr kuni Rossiya tomonidan Ukraina shaharlari bo‘ylab ommaviy raketa zarbalari berildi. Oqibatda, turar joy binolari, muhim infratuzilma obektlariga jiddiy zarar yetkazildi. Qurbonlar soni ma’lum qilinmadi. Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya tomonidan 100 ga yaqin raketa uchirilgani va bu so‘nggi oylardagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lganini ma’lum qildi.

Mavzuga oid